Live
1
O'zbek

Mourinio: «3 kun yoki 3 oyda ideal jamoa qurib bo‘lmaydi»

Futbol
13 sentabr, 04:42
    10+
Madridliklar ustozi jamoadagi vaziyat haqida gapirdi.
Mourinio: «3 kun yoki 3 oyda ideal jamoa qurib bo‘lmaydi»
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoasining o‘yinidan qay darajada mamnun ekanligi haqida gapirdi.

Shanba kuni «qaymoqranglilar» La Liga doirasidagi o‘yinda o‘z maydonida «Rayo Valekano»ni tor-mor etdi (4:1). O‘yindan keyingi matbuot anjumanida portugaliyalik mutaxassisdan nima uchun ba’zan zaxira o‘rindig‘ida jahldor va xavotirda o‘tirgani haqida so‘rashdi.

«Mening jahlim chiqmadi, aksincha, mamnunman. Biroq biz atigi bir necha haftadan beri birga ishlayapmiz. Mukammal jamoani 3 kunda yoki 3 oyda, ba’zan hatto uch yilda ham qurib bo‘lmaydi. Men jamoamizda ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘ryapman. Biz qadamma-qadam rivojlanishga harakat qilyapmiz», – deya Mourinyuning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Zone.

“Real” Ispaniya chempionatining besh turidan so‘ng 12 ochko jam’g‘ardi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar