«Nottinghem Forest»ning hujumkor yarimhimoyachisi Morgan Gibbs-Uayt yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Hooligan Soccer nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Siti» 26 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. «Nottinghem Forest» 70–80 million yevrolik taklif kelgan taqdirda muzokaralarni boshlashga tayyor. Klub bitimga bonuslar hamda futbolchining keyingi transferidan ulush olish bandini kiritishni ham rejalashtirmoqda.
Gibbs-Uayt ushbu mavsumda APLda uchta bahsda maydonga tushib, bir gol va bir assist qayd etdi.
Yarimhimoyachining «Nottinghem Forest» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyunigacha mo‘ljallangan.