Live
13
O'zbek

«Hushtakbozlikka uchraganlarning hammasi tirik, shunday emasmi?» — Mbappe muxlislar hushtakbozligi haqida

Futbol
12 sentabr, 06:30
Fransiyalik hujumchi Madrid klubida o‘ynash katta bosim va yuqori talablarni anglatishini ta’kidladi.
«Hushtakbozlikka uchraganlarning hammasi tirik, shunday emasmi?» — Mbappe muxlislar hushtakbozligi haqida
Foto: Getty Images
12.09.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Rayo Vallecano Rayo Vallecano

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «Santyago Bernabeu» stadionida muxlislarning o‘ziga nisbatan hushtakbozlik qilishiga munosabat bildirdi.

«Bunday holatlar ba’zan sodir bo‘ladi. Bilasizmi, Madridda qancha futbolchi hushtakbozlikka uchragan? Ularning hammasi tirik, shunday emasmi? «Real» bilan shartnoma imzolaganingizda, nimaga rozi bo‘layotganingizni bilasiz. Bu meni unchalik ranjitmadi. Bundan tashqari, muxlislar noroziligini shu tarzda bildirayotganini tushunaman», — deya Mbappening so‘zlarini AS L’Équipe nashriga tayanib keltirdi.

Ma'lumot uchun, Mbappe ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda ishtirok etib, beshta gol urdi. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar