Live
7
O'zbek

Endrik Mourinio qo‘l ostida asosiy tarkibdan joy ololmayotganidan norozi

Futbol
13 sentabr, 06:30
«Real» hujumchisi «Rayo Valyekano»ga qarshi bahsda ham maydonga tushmadi.
Endrik Mourinio qo‘l ostida asosiy tarkibdan joy ololmayotganidan norozi
Foto: Getty Images
12.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 1 Rayo Vallecano Rayo Vallecano

«Real» shanba kuni Madrid derbisida «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Hujumchi Endrik bahs uchun qaydnomadan joy olgan bo‘lsa-da, maydonga tushmadi.

Braziliyalik futbolchi «Real»ning so‘nggi ikki bahsida ham 90 daqiqani zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Avvalroq esa mushaklaridagi muammo sabab jamoa qaydnomasiga kiritilmagandi.

Shu bilan birga, shanba kungi bahs vaqtida Endrikning zaxira o‘rindig‘idagi holati aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. The Touchline nashri ham ushbu suratlarni e’lon qildi. Kadrlarda 20 yoshli hujumchining maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lmayotganidan norozi ekani ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, Endrik 2024 yildan buyon «Real» safida o‘ynamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar