Live
13
O'zbek

Dembele — Kvaratsxeliya haqida: «Biz uni eng yaxshisi yoki Kvaradona deb ataymiz»

Futbol
12 sentabr, 06:20
«PSJ» hujumchisi jamoadoshi Xvicha Kvaratsxeliyani dunyoning eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri deb atadi.
Dembele — Kvaratsxeliya haqida: «Biz uni eng yaxshisi yoki Kvaradona deb ataymiz»
Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele jamoadoshi, gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliyaning o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Bu ajoyib futbolchi, eng yaxshi qanot hujumchilaridan va dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. O‘tgan yili uning mavsumi juda yaxshi o‘tdi — u jamoa uchun juda muhim. Uning ko‘plab laqablari bor, biz uni bu yerda eng yaxshisi yoki Kvaradona deb ataymiz», — deya Dembele so‘zlarini The Athletic keltirdi.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsumda Kvaratsxeliya barcha turnirlarda 48 ta bahsda qatnashib, 19 ta gol va 11 ta assist qayd etdi. Ushbu mavsumda esa vinger beshta bahsda bir gol va bir assistga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar