«Barselona» sport direktori Deku hujumchi Ferran Torresning yozgi transfer oynasida «PSJ»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik futbolchi «Barselona»ni tark etib, «PSJ»ga qo‘shildi. Kataloniya klubi uning transferidan qariyb 50 million yevro ishlab oldi.
«Uning «PSJ» safida het-trik qayd etganidan xursandman. Biz yuzaga kelgan vaziyatdan yaxshi chiqib oldik. U muhimroq rol o‘ynashni xohladi. Agar futbolchi ketishni istasa, biz uni tinglashimiz kerak», — dedi Deku El Món a RAC1 dasturida.
Torres 2022 yildan 2026 yilgacha «Barselona» safida o‘ynadi. Ushbu davrda u 207 ta bahsda maydonga tushib, 65 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
26 yoshli hujumchi «PSJ» safidagi dastlabki to‘rtta bahsda beshta gol urishga ulgurdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi