Live
5
O'zbek

Deku «Barselona» Alvares uchun qanday taklif yuborganini aytdi

Futbol
10 sentabr, 09:20
Kataloniya klubi argentinalik hujumchi transferi uchun to‘lovni uch mavsum davomida amalga oshirishni rejalashtirgan.
Deku «Barselona» Alvares uchun qanday taklif yuborganini aytdi
Foto: Getty Images

«Barselona» sport direktori Deku «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferi bo‘yicha kataloniyaliklarning taklifi tafsilotlarini ma’lum qildi.

«Biz summani uch mavsum davomida to‘lashni taklif qildik. Ba’zi klublar esa besh transhda to‘laydi. Menda «Atletiko» direktori Mateu Alemani bilan hech qanday muammo yo‘q. Men unga hech narsa qilganim yo‘q. Unda menga nisbatan muammo bormi yoki yo‘qmi, bilmayman. Xulian haqida boshqa gapirishni istamayman», — dedi Deku RAC1 radiosi efirida.

Eslatib o'tamiz, Alvaresning transferi amalga oshmagach, kataloniyaliklar «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezusga e’tibor qaratdi va braziliyalik futbolchining transferini tezda rasmiylashtirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar