Bugun
27
O'zbek

«Atletiko» Baena bo‘yicha qarorini ma’lum qildi

Futbol
10 sentabr, 06:09
Madrid klubi «Manchester Siti»ning qiziqishiga qaramay, ispaniyalik vingerini sotishni rejalashtirmayapti.
«Atletiko» Baena bo‘yicha qarorini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

Ispaniyaning «Atletiko» klubi vinger Aleks Baenani «Manchester Siti»ga sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» Baenaning o‘yinidan mamnun va uni o‘z transfer ro‘yxatiga kiritgan. Biroq ispaniyalik futbolchini yaqin ikki transfer oynasida qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. «Atletiko» 25 yoshli vingerning transferini ko‘rib chiqmayapti.

Baenaning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Ispaniyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar