Live
5
O'zbek

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlarida faoliyat olib boradi

Futbol
10 sentabr, 10:00
Yaponiyada o‘tkaziladigan musobaqaning futbol bahslarida to‘rt nafar o‘zbekistonlik mutaxassis hakamlik qiladi.
O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlarida faoliyat olib boradi
Foto: UZFHM

19 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Yaponiyaning Aichi prefekturasi va Nagoya shahrida XX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqaning futbol bahslarida O‘zbekiston vakillari ham hakamlik vazifalarini bajaradi.

Erkaklar futbolida Firdavs Norsafarov bosh hakam, Ruslan Serazitdinov esa yordamchi hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Ayollar futbolida Roziyabonu Yusupova bosh hakam, Kristina Sereda esa yordamchi hakam vazifasini bajaradi.

XX Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida O‘zbekistonlik hakamlar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslarda ishlaydi.

Bugungi yangiliklar