«Real» yarimhimoyachisi Arda Gulerning klubdagi kelajagi deyarli hal qilindi. Turkiyalik futbolchi yaqin vaqt ichida madridliklar bilan shartnomasini 2031 yil yozigacha uzaytirishi kutilmoqda.
AS xabariga ko‘ra, «Real» rahbariyati Gulerning kelajagini kafolatlash va uning klubning sport loyihasidagi rolini ta’kidlashni istamoqda. Shuningdek, futbolchining maoshi ham oshiriladi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» Guler bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishgan.
Ma'lumot uchun, Arda Guler 2023 yil yozida «Real» safiga qo‘shilgan. Shundan buyon u 116 ta bahsda 19 ta gol urib, 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.