Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xavi «Liverpul» va «Atletiko» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi bahsini stadiondan kuzatdi. Mutaxassis e’tibor qaratgan futbolchilardan biri «qizillar» himoyachisi Virgil van Deyk bo‘ldi.
The Touchline xabariga ko‘ra, Xavi hozirda Niderlandiya milliy jamoasining kuzdagi ilk yig‘iniga kimlarni chaqirish masalasida futbolchilarni tahlil qilmoqda.
Avvalroq Xavi va van Deyk o‘rtasida muhim suhbat bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Niderlandiya milliy jamoasi navbatdagi bahsini 24 sentyabr kuni Millatlar ligasining yangi mavsumida Germaniyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahsda Xavi va Yurgen Klopp murabbiy sifatidagi debyut mavsumlarida ilk bor o‘zaro raqobatlashadi.