Live
1
O'zbek

Deklan Rays «Oltin to‘p»ni kim yutishini istashini aytdi

Futbol
10 sentabr, 08:40
«Arsenal» yarimhimoyachisi 2026 yilgi mukofot uchun jamoadoshi bo‘lmagan angliyalik futbolchini qo‘llab-quvvatladi.
Deklan Rays «Oltin to‘p»ni kim yutishini istashini aytdi
Foto: Getty Images

«Arsenal» va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays 2026 yilgi «Oltin to‘p» sohibi sifatida kimni ko‘rishni istashini aytdi.

«Men Harri Keyn «Oltin to‘p»ni yutishini juda istardim», — deya Raysning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.

Raysning o‘zi ham nufuzli mukofot uchun 30 nafar nomzod qatoridan joy olgan. Angliya futbolchilaridan Jyud Bellinghem ham ushbu sovrin uchun kurashmoqda.

Harri Keyn «Bavariya» va Angliya milliy jamoasi safida o‘tgan mavsumda 65 ta bahsda 73 ta gol urib, «Oltin to‘p»ning asosiy da’vogarlaridan biriga aylandi. Mukofot topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar