Bugun
27
O'zbek

Pochettino Keyn «Oltin to‘p»ga loyiq ekanini aytdi

Futbol
10 sentabr, 08:00
AQSH milliy jamoasi ustozi dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Bavariya» hujumchisini tanlashini bildirdi.
Pochettino Keyn «Oltin to‘p»ga loyiq ekanini aytdi
Foto: Getty Images

AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanini aytdi.

«Menimcha, u futbolda qilgan barcha ishlari uchun bu mukofotga loyiq. Jahon chempionati yoki Chempionlar ligasidagi natijasi unga qarshi ta’sir qiladimi, bilmayman, chunki u ikkala turnirda ham yarimfinalgacha yetib bordi», — deya Pochettinoning so‘zlarini London Now keltirmoqda.

«Ehtimol, bu unga ta’sir qilishi mumkin. Ammo men uchun hozir Keynning vaqti. Bugun dunyoning birinchi raqamli futbolchisi kimligi aniq emas. Agar bittasini tanlashim kerak bo‘lsa, Keynni tanlayman», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

O‘tgan mavsumda Keyn 51 ta bahsda 61 ta gol urib, yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bugungi yangiliklar