“Barselona”ning sobiq himoyachisi Jerar Pike ijtimoiy tarmoqlarda “Real” muxlisining izohiga javob qaytardi.
TikTok foydalanuvchilaridan biri shunday yozdi: “Barselona”ning gʻalaba qozonish uchun faqat bitta yoʻli bor, biz esa bu yoʻlni bilamiz".
Pike unga quyidagicha javob berdi:
“Ha, "Barselona”ning gʻalaba qozonish uchun faqat bitta yoʻli bor — yaxshi futbol oʻynash. Biz aynan shu jihatimiz bilan tanilganmiz. Biz juda chiroyli futbol namoyish etib, koʻplab chempionliklar, koʻplab Chempionlar ligasi sovrinlari va trebllarni qoʻlga kiritganmiz.
Hakamlik masalasini esa doim sizlar koʻtargansizlar. Agar xohlasang, “Yuventus”ga qarshi Chempionlar ligasi finalini eslatib qoʻyishim mumkin: Miyatovichning goli qoidalar buzilgan holda urilgan.
Yoki “Atletiko”ga qarshi ikki finaldan birini olaylik: Serxio Ramosning golida ofsayd bor edi.
Hakamlik xatolari koʻp boʻladi. Ammo tarixiy nuqtayi nazardan qaraganda, ular baribir “Real” foydasiga biroz koʻproq boʻlgan.
Qolgan masalalarda esa senda hammasi yaxshi boʻlishini umid qilaman. Mahkam quchoqlab qolaman va kuningni yaxshi oʻtkazishingni tilayman", — deb yozdi Pike.
Pike: “Tarixan qarasak, hakamlar "Real” foydasiga koʻproq xato qilgan"
Futbol
9 sentabr, 13:45
“Barselona” sobiq himoyachisining fikricha, kataloniyaliklarda gʻalaba qozonish uchun faqat bir yoʻl bor.
Foto: Getty Images