“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn The Athletic nashri talqiniga koʻra, oʻtgan mavsum yakunlari boʻyicha “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritish uchun asosiy favorit hisoblanmoqda.
Kecha, 8 sentyabr kuni mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrin uchun yakuniy 30 nafar nomzod nomi eʼlon qilindi.
The Athletic ushbu sovrin uchun asosiy 10 ta favoritdan iborat reytingni taqdim etdi. Reytingda Keyn birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻringa uning “Bavariya”dagi jamoadoshi Maykl Olise, uchinchi pogʻonaga esa oʻtgan mavsum “Manchester Siti”da, hozir esa “Barselona”da toʻp tepayotgan Rodri joylashdi.
Reyting quyidagicha:
10. Lionel Messi (“Inter Mayami”, Argentina);
9. Jud Bellinghem (“Real”, Angliya);
8. Luis Dias (“Bavariya”, Kolumbiya);
7. Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya);
6. Xvicha Kvarasxeliya (“PSJ”, Gruziya);
5. Erling Xoland (“Manchester Siti”, Norvegiya);
4. Kilian Mbappe (“Real”, Fransiya);
3. Rodri (“Manchester Siti”, Ispaniya);
2. Maykl Olise (“Bavariya”, Fransiya);
1. Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya).
Keyn — The Athletic talqiniga koʻra “Oltin toʻp”ga asosiy daʼvogar (top-10)
Futbol
9 sentabr, 12:22
Nashr Mbappeni 4, Yamalni esa 7-oʻringa joylashtirgan.
Foto: Getty Images