Lionel Messi milliy jamoani tark etganidan soʻng Argentinaning yangi sardori etib Kristian Romero tayinlandi. Bu haqda TyC Sports xabar berdi.
39 yoshli hujumchi ham, Jahon chempionatidan soʻng xalqaro faoliyatini yakunlagan Nikolas Otamendi ham endi bu vazifani bajara olmaydi. Shu sababli jamoa yetakchiligini “Atletiko”ning markaziy himoyachisi oʻz zimmasiga oladi.
Taʼkidlanishicha, bu qaror tasodifan qabul qilinmagan. Romeroning sardorlikka tayyorgarlik jarayoni Jahon chempionatidan oldinroq boshlangan. Oʻshanda u jamoaning uchinchi sardori etib tayinlangandi. Endi esa dastlabki ikki nomzod yoʻqligi sababli bogʻichni u taqadi.
28 yoshli futbolchini milliy jamoaning yuziga aylantirish qarorini bosh murabbiy Lionel Skaloni qabul qilgan. U Kristiandan koʻra 34 yoshli darvozabon Emiliano Martines yoki xuddi shu yoshdagi himoyachi Nikolas Talyafikoni sardor etib tayinlashni maʼqul koʻrmadi.
Romero Argentina milliy jamoasi safida oʻtkazgan 58 ta oʻyinining 3 tasida maydonga sardorlik bogʻichi bilan tushgan. Ushbu uchala bahs ham Skaloni bosh murabbiyligi ostida oʻtkazilgan.
Argentina milliy jamoasining yangi sardori kim boʻlishi maʼlum
Futbol
9 sentabr, 11:16
3
Skaloni Messi ketganidan soʻng yangi sardorni aniqlab oldi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi