Live
5
O'zbek

Superliga. «Neftchi» Farg‘onada «Surxon»dan ustun kelib, 1-o‘ringa qaytdi

Futbol
9 sentabr, 11:58
    35+
21-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Superliga. «Neftchi» Farg‘onada «Surxon»dan ustun kelib, 1-o‘ringa qaytdi
Фото: Нефтчи ПФК

Superliga 21-turida «Neftchi» o‘z maydonida «Surxon»ni qabul qildi. Unda farg‘onaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab Vladimir Yovovich hisobni ochdi. 31-daqiqada Stipe Perisa penaltidan gol urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa termizliklar safida Kamronbek Yusupov hisobni qisqartirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Neftchi» ochkolari sonini 48 taga yetkazib, peshqadamlikni qaytarib oldi. «Surxon» esa 23 ochko bilan 12-pog‘onada.

Superliga. 21-tur
Neftchi – Surxon 2:1
Gollar
: Vladimir Yovovich, 12 (1:0), Stipe Perisa, 31 penalti (2:0), Kamronbek Yusupov, 47 (2:1)
Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikromjon Aliboyev, 7.Abrorbek Ismoilov (20.Anvarjon Gʻofurov, 90+3), 8.Vladimir Yovovich (9.Xurshid Gʻiyosov, 45+1), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 18.Stipe Perisa (32.Zoran Marushich, 65), 22.Alisher Odilov (71.Bilolxon Toshmirzayev, 65), 34.Farruh Sayfiyev, 52.Koffi Kuao, 77.Ratino
Surxon: 86.Davron Merganov, 6.Behzod Shamsiyev, 7.Doston Tursunov, 8.Humoyun Sherbo‘tayev (70.Farhodbek Solihjonov, 81), 11.Richard Fraydey (10.Sunnatulla Abdullajonov, 68), 14.Tohirjon Ashurboyev, 17.Sarvar Abduhamidov (23.Kamronbek Yusupov, 46), 18.Behruz O‘ktamov (39.Mirmaqsud Mirusmonov, 46) (19.Farruhjon Qodirov, 90+2), 21.Tornike Dzebniauri, 26.Behruz Shukurullayev, 66.Behruz Shaydulov,

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar