Live
6
O'zbek

Kamoliddin Tojiyev: «Olmaliqda g‘alaba qozonish yengil emas»

Futbol
9 sentabr, 13:24
Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
Kamoliddin Tojiyev: «Olmaliqda g‘alaba qozonish yengil emas»
Фото: Пахтакор ПФК
09.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi ОКМК ОКМК 1 : 3 Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

Superligada 21-turga start berildi. «Paxtakor» Olmaliqda OKMK ustidan 1:3 hisobida g‘alaba qozondi va muhim ochkolarni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

O‘yin yakunlanganidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Qiyin uchrashuv bo‘lishini bilardik. Har doim qiyin bo‘lgan. OKMK oxirigacha kurashadigan jamoa. Bugun ko‘p vaziyatlar yaratdik va ulardan foydalandik. Futbolchilar ham borini berib oxirigacha kurashishyapti. Oldimizda qanaqa maqsadlar turganini bilib turishibdi. Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Hammani tabriklayman. Yigitlarga oxirigacha kurashishayotgani uchun rahmat.

- «Paxtakor»ni so‘nggi ikkita uchrashuvida hujumda ishlari ancha yurishib qoldi. Omad kelayotganiga nima sabab deb o‘ylaysiz?

- Buni ustida ishladik va ishlayapmiz ham. Har bir vaziyatdan foydalanayotganimizga xursandman. Yana imkoniyatlar yaratyapmiz va ko‘proq gollar urishga intilamiz.

- Vaziyatlardan foydalanish zo‘r bo‘ldi, 4 ta vaziyat va 3 ta gol. Ammo vaziyatlardan kelib chiqqan holda OKMKda 6-7 ta golli imkoniyatlar bo‘ldi. Balki hisob 2:2 yoki 3:3 bo‘lganida «Paxtakor» yana qo‘shardi...

- Biz ham vaziyatlar yaratardik, gol ura olmasdik. Bu o‘yin. OKMK jamoasi standartlarda xavfli deb yigitlarga aytdim va tushuntirdim. Qayerdadir yana bo‘shashishlik bo‘lgandir. Ha, ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Yana ishlashda davom etamiz. O‘tgan safar ko‘p vaziyatlar yaratib, foydalana olmagandik. Bu futbol-ku!

- Ikkinchi bo‘limda 0:2 hisobida oldinga chiqqaninglarda qarshi hujumlarda yanada hisob yiriklashishi mumkin edi. Balki yigitlar muvozanatni yo‘qotgandir. Keyin To‘laganov kabi yoshlarni maydonga tushirdingiz.

- Ha, qarshi hujumlarga ko‘p chiqdik. Ammo maydon holati ham juda achinarli ahvolda. Shu ham rol o‘ynadi. Yoshlarni ham tushirdik, mavsum uzun, yoshlarga ham imkoniyat beramiz. Hozirdan keyingi o‘yinga tiklanishni boshlaymiz.

- Hisob o‘yin bo‘yicha bo‘lmadi. Raqib yana bir-ikkita gol urishi mumkin edi. OKMK hatto «Paxtakor»dan ham ko‘proq vaziyatlar yaratdi. Shu haqida nima deysiz?

- Men ham aytdim, juda yaxshi tajribali va iqtidorli yoshlar ham bor. Oxirigacha kurashadi. O‘zi ham futbol o‘ynaydi va raqibga ham futbol o‘ynashga imkon beradi. Olmaliqda g‘alaba qozonish yengil emas. Hozirgi OKMK avvalgi OKMKdan kuchsiz emas, aksincha kuchliroq. Ha, g‘alaba qozondik. Imkoniyatlarimizdan foydalandik. Bu yerda qolgan jamoalarga qiyin bo‘ladi.

- OCHLdagi raqibni qanchalik o‘rganyapsizlar? «Paxtakor» gol urgach, raqibga ko‘p imkoniyatlar yaratishiga imkon berib qo‘ymoqda.

- Har 3-4 kunda o‘ynayapmiz, futbolchilarda toliqish ham bor. Yana 4 ta o‘yinchimiz jarohatda. Zaxirada birgina Nasrullayev bor edi, qolgani yoshlar. Qiyin o‘ynash. Ko‘rib chiqyapmiz, albatta tayyorlanamiz. Birinchi navbatda o‘yinchilarni tiklab olishdan iborat. Xudo xohlasa, yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelamiz.

- «Paxtakor»ni gollar urib, g‘alabalar qozonishi uchun albatta yo‘qotishlar, muammolar kerakmidi? Shunaqa o‘yinni oldinroq ko‘rsatsa bo‘lmasmidi?

- Biz ham chempion bo‘lmoqchimiz. Lekin shunaqa bo‘lib turadi. Oxirigacha ishlaymiz», - deya Kamoliddin Faxriddinovichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar