Live
4
O'zbek

Superliga. «Paxtakor» safarda OKMKni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Futbol
9 sentabr, 11:24
    15+
«Sherlar» onlayn jadvalda peshqadamga aylandi.
Superliga. «Paxtakor» safarda OKMKni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Фото: ОКМК
09.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi ОКМК ОКМК 1 : 3 Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

Superligada 21-tur uchrashuvlari start oldi. «Paxtakor» safarda OKMK bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Sherlar» safida Ayman Husayn, Ibrohim Ibragimov va Dostonbek Hamdamov gollarga mualliflik qildi. Olmaliqliklar safida Giorgi Papava hisobni qisqartirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «sherlar» ochkolari sonini 46 taga yetkazib, onlayn jadvalda peshqadamga aylandi. OKMK esa 32 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.

Superliga. 21-tur
OKMK – Paxtakor 1:3
Gollar
: Ayman Husayn, 4 (0:1), Ibrohim Ibragimov, 24 (0:2), Doston Hamdamov, 65 (0:3), Giorgi Papava, 82 (1:3)

OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Shahzod Toirov, 4.Mirjamol Qosimov (11.Ali Abdurahmonov, 66), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshodbek Axmadaliyev, 9.Aziz Xolmurodov (27.Urosh Koyich, 66), 10.Asadbek Sobirjonov, 17.Nodir Abdurazzoqov (21.Xazratjon Tursunqulov, 76), 19.Ahmadullo Muqumjonov, 88.Siyavash Haqnazariy (28.Arixiro Sentoku, 66).

Paxtakor: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 17.Dostonbek Hamdamov (34.Sherzod Nasrullayev, 69), 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 29.Ayman Hussayn (26.Davron To‘laganov, 78), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar