«Liverpul» klubi va Angliya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandning samaradorligiga baho berib o‘tdi. Chempionlar Ligasi yangi mavsum umumiy bosqich 1-turi doirasida norvegiyalik «Portu» darvozasini 2 bor ishg‘ol etdi (2:0).
«Holand 1000 ta gol ura olmasligi yoki barcha davrlarning eng yaxshi forvardi bo‘lmasligini tasavvur ham qila olmayman. Men statistika va samaradorlik borasida hech qachon bunday natijalarni ko‘rmaganman — qizig‘i, bu har o‘yinda takrorlanmoqda; u bu ishini har safar, takror va takror amalga oshirishini ko‘rsak, qandaydir odatiy holga ham aylanib bormoqda.
U Chempionlar Ligasida, safardagi o‘yinda 2 ta gol urdi — agarda bu ishni istalgan boshqa hujumchi amalga oshirganida, ulkan muvaffaqiyat sifatida e’tirof etilgan bo‘lardi. Ammo u bilan esa odatiy holdek qabul qilinmoqda. Men shunchaki uning oxir-oqibat eng buyuk to‘purarga aylanishidan va o‘zidan oldingilardan ko‘ra ko‘proq gol urishidan boshqa ssenariyni ko‘rmayapman», — dedi Karrager CBS Sports’ga intervyusida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi