Live
4
O'zbek

“Yuventus” sardori uzoq muddatga safdan chiqdi

Futbol
9 sentabr, 10:35
Lokatelli tizzasidan operatsiya qilindi. Shuningdek, Boga ham jarohat oldi.
“Yuventus” sardori uzoq muddatga safdan chiqdi
Foto: Getty Images

“Yuventus” yarimhimoyachisi Manuel Lokatelli tizzasidan operatsiya qilindi.

“Keksa sinyora” sardorining oʻng tizzasidagi tashqi meniskiga chok qoʻyildi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Sky Sport Italia maʼlumotiga koʻra, 28 yoshli Lokatellining tiklanish jarayoni 5–6 oy davom etadi.

Shuningdek, Jeremi Boga ham jarohat oldi. Ivuarlik vingerning chap son orqa mushaklarida shikastlanish aniqlangan.

29 yoshli Boganing qachon safga qaytishi qoʻshimcha tekshiruvlardan soʻng — ikki haftadan keyin aniqlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar