“Aston Villa” sardori Jon Makginn klub tarixida yevrokuboklarda eng koʻp gol urgan futbolchiga aylandi.
31 yoshli yarimhimoyachi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan oʻrin olgan “Bryugge”ga qarshi oʻyinning 11-daqiqasida hisobni ochdi. Bellashuv inglizlarning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Makginn Yevropada klublar musobaqalaridagi gollari sonini 12 taga yetkazdi. U avvalroq “Al Hilol”ga oʻtib ketgan hujumchi Olli Uotkinsning 11 ta gollik natijasidan oʻzib ketdi.
Shotlandiyalik futbolchi 2018 yil avgustidan buyon Birminghem klubida oʻynab kelmoqda. U hozirgacha “Aston Villa” safida jami 334 ta bahsda ishtirok etib, 41 ta gol urgan va 49 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Makginn “Aston Villa”ning yevrokuboklardagi eng yaxshi toʻpurariga aylandi
Futbol
9 sentabr, 07:37
Birminghemliklar sardori bu borada Uotkinsni ortda qoldirdi.
Foto: Getty Images
08.09.2026
FT
Chempionlar ligasi
Club Brugge
2
:
3
Aston Villa