«Bavariya»ning sport bo‘limi rahbari Maks Eberl darvozabon Yonas Urbigning istiqboli haqida fikr bildirdi.
23 yoshli darvozabon Manuel Noyerning o‘rinbosari bo‘lib qolmoqda, ammo keyingi mavsumdayoq u Myunxen grandining «birinchi raqamiga» aylanishi mumkin.
Urbigni kelajakda Germaniya milliy jamoasining asosiy kiperi sifatida ko‘ryapsizmi?
Buni men hal qilmayman. Biz Yonasning ulkan salohiyatga ega deb hisoblaymiz va kelajakda Noyerning «Bavariya»dagi o‘rnini egallay olishiga ishonamiz. U Manudan o‘rganishda davom etadi. Uni kelajakda milliy jamoa darvozaboni sifatida ko‘rayotganim aniq, ammo qachon va qanday rolda bo‘lishini ayta olmayman, – deya Bayern & Germany Eberlning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Ma’lumot uchun, Yonas Urbig Germaniya milliy jamoasi tarkibida hozircha debyut qilmagan.