Bugun
50
O'zbek

Messi Ispaniya klubini sotib olmoqda

Futbol
9 sentabr, 08:26
    2
Лео бунга эришган илк аргентиналик бўлади.
Messi Ispaniya klubini sotib olmoqda
Foto: Getty Images

Lionel Messi Ispaniyaning ikkinchi ligasida oʻynaydigan “Eldense” futbol klubi egasiga aylanadi.

AS nashri maʼlumotlariga koʻra, argentinalik yulduzning yuristlari bir qancha muddatdan buyon Xuan Karlos Truxilio boshchiligidagi Kolumbiyaning TH investitsiya guruhi bilan muzokaralar olib borayotgandi. 8 sentyabr kuni esa tomonlar prinsipial kelishuvga erishdi.

Unga koʻra, dunyoning eng sovrindor futbolchisi Ispaniya ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan klubning nazorat qiluvchi aksiyalar paketiga ega boʻladi. Biroq bitimning yakuniy amalga oshishi uchun Sport boʻyicha Oliy kengash (CSD) ruxsat berishi kerak.

Messi loyihada yagona investor sifatida ishtirok etmoqda. Boshqa biznes hamkorlar yoki sobiq futbolchilar bitimga jalb qilinmagan.

Tomonlar kelishuv haqida yaqin kunlarda rasman eʼlon qilishni rejalashtirmoqda.

Shu tariqa Lionel Ispaniyada professional futbol klubiga egalik qiluvchi birinchi argentinalik boʻladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Eldense Eldense
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar