«Bunyodkor» Rivaldo va Itsuki Uratadan qarzdorligi tufayli FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqga ega.
«Bunyodkor» klubi ham, stadioni ham ishchilardan, soliqlardan, kommunal to‘lovlardan qarzdor.
2025 yilgi konsert dasturidan so‘ng, maydon chimi qayta tiklandi. Va endilikda stadion chim yotqizgan kompaniyadan ham qarzdor. Qarz yuki yangi chimni ham deyarli nobud qildi.
Endilikda elektr energiyasiga to‘lanishi kerak bo‘lgan qarzdorlik miqdori qariyb 2 milliard so‘mga yetgan va joriy yilning 4-sentyabridan e’tiboran stadion elektr ta’minotidan uzib qo‘yildi. Bunyodkor bino va inshootlarni ijaraga berishdan pul ishlashga o‘tgan bir vaqtda ijarachilar ham uni tark etish harakatiga tushdi.
DOMO ilovasining xayriya bo‘limi hech bo‘lmaganda stadionga elektr energiyasini qaytarish bo‘yicha harakat boshladi. Siz hech bo‘lmaganda 1 000 so‘m yoki imkoniyatingiz darajasida pul o‘tkazish orqali stadionga mazkur murakkab vaziyatdan chiqib ketishi uchun yordam berishingiz mumkin.
Pul o‘tkazish uchun havolaga kiring, ilovani yuklab oling va «Bunyodkor» stadioni bo‘limi orqali o‘z yordamingizni yetkazing
Shuningdek, quyidagi havola orqali bevosita saytning o‘zidan to‘lov amalga oshirish mumkin.