«Bunyodkor» jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Ivan Boshkovich tayinlanganini ma’lum qildi.
Chernogoriyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatini aynan «Bunyodkor»da boshlagan. U jamoani mavsumning ikkinchi qismida boshqaradi.
Boshkovich qo‘l ostidagi jamoa Superliga 20-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» — «Surxon» bahsiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bunyodkor» bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev hamda uning yordamchilari Alessandro Spinoglio, Andres Moauro va Marko Nikodemo o‘z xohishi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra iste’foga chiqqanini ma’lum qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi