«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta «Barselona»ning forvard Lautaro Martinesga bo‘lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Lautaro Martines «Barselona» bilan aloqa o‘rnatishni yoki muzokaralar olib borishni ham istamadi. Bundan tashqari, klublar darajasida ham bu bitim imkonsiz edi, chunki Lautaro top darajadagi futbolchi hisoblanadi. Agar sovrinlarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsak, u o‘zimizga kerak», — deya mutasaddi so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli argentinalik barcha musobaqani inobatga olganda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi