“Liverpul”da kelasi mavsumdan yangi titul homiy paydo boʻladi.
Angliya klubi Turkish Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilganini eʼlon qildi. Kelishuv 2027 yil iyun oyidan kuchga kiradi.
2010 yildan buyon mersisaydliklarning titul homiysi Standard Chartered banki edi.
The Athletic maʼlumotlariga koʻra, “Liverpul” va Turkish Airlines oʻrtasidagi shartnoma 5 yilga moʻljallangan. Ushbu kelishuv klubga ushbu muddat davomida 300 million funtdan ortiq daromad keltiradi.
Klubdagilarning fikricha, endi “Liverpul” APLda futbolkaning old qismidagi reklama uchun eng katta mablagʻni oladi — bir mavsumga taxminan 60 million funt.
Standard Chartered esa “qizillar”ga yiliga taxminan 50 million funt toʻlab kelayotgandi.
“Liverpul” kelasi mavsumdan Turkish Airlines bilan hamkorlik qiladi
Futbol
9 sentabr, 05:20
Natijada mersisaydliklar APLda futbolkaning old qismidagi reklama uchun eng katta mablagʻni olishadi.
Foto: Getty Images
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi