Fransiya milliy jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq himoyachisi Samuel Umtiti «Oltin to‘p» haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Oltin to‘p» marosimi o‘z ma’nosini yo‘qotdi. Hozir bu mukofot futbolga jiddiy zarar yetkazmoqda. Axir bu jamoaviy sport, lekin o‘yinchilar jamoaviy yutuqlar haqida emas, balki «Oltin to‘p»ni qanday qo‘lga kiritish haqida ko‘proq o‘ylashadi. Messi va Ronaldu davri tugaganidan keyin bu mukofot menga qiziq bo‘lmay qoldi», - deya fransiyalikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RMC Sport.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli individual mukofotning amaldagi sohibi «PSJ» va Fransiya milliy jamoasi vingeri Usmon Dembele hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi