Live
4
O'zbek

Alonso: «Estevao ulkan salohiyatga ega va juda yosh. Men unga ishonaman»

Futbol
9 sentabr, 07:10
Murabbiy braziliyalik futbolchining «Chelsi»dagi muammolari haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Alonso: «Estevao ulkan salohiyatga ega va juda yosh. Men unga ishonaman»
Foto: Gettyimages

Londonning «Chelsi» klubi ustozi Xabi Alonso vinger Estevao Villianning jamoadagi holati haqida gapirdi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik ispaniyalik yangi murabbiy qo‘l ostida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishidan xavotirda.

«Estevao mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilmoqda va o‘ynashga tayyor. Imkoniyat tug‘ilganda u o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi va foyda keltirmoqda. Men unga 100% ishonaman, chunki u juda yosh va ulkan salohiyatga ega. Oldinda bizni uzoq mavsum kutib turibdi», – deya Alonso so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Bobbi Vinsent.

Ma’lumot uchun, Estevao Villian ushbu mavsum APL doirasida bor yo‘g‘i 16 daqiqa harakat qildi – 2 marta zaxiradan tushirildi va 1 ta bahsda maydonga umuman tushmadi.

Bugungi yangiliklar