«Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Edegor Premer-liga 3-turida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda APLning rasmiy sayti xabar berdi.
Norvegiyalik xavbek 3-turda Edegor «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba golini urdi. Martin 31 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. U Aleksandr Isakni ortda qoldirdi. Shvesiyalik forvard 30 foiz to‘pladi.
Sovrin uchun boshqa nomzodlar quyidagilar edi:
1. Janluiji Donnarumma — «Manchester Siti»
2. Kodi Gakpo — «Liverpul»
3. Tayrik Jorj — «Everton»
4. Tayrik Mitchell — «Kristal Pelas»
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 9 ochko bilan APL jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda ham 9 ochkoga ega «Arsenal» bormoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi