Bugun
22
O'zbek

Mareska: «Biz Holandni himoya qilishimiz zarur»

Futbol
7 sentabr, 03:38
«Siti» ustozi jamoaning norvegiyalik forvardining o‘yin amaliyoti haqida gapirdi.
Mareska: «Biz Holandni himoya qilishimiz zarur»
Foto: Gettyimages
05.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa hujumchisi Erling Holandning o‘yin amaliyoti haqida gapirdi.

26 yoshli futbolchi ushbu mavsum 4 ta o‘yinda 3 ta gol urdi. To‘rt o‘yinning barchasida norvegiyalik hujumchi bahsni asosiy tarkibda boshladi, biroq «shaharliklar» ustozining aytishicha, butun mavsum davomida shunday bo‘lib qolmaydi.

«Biz Erlingni himoya qilishimiz zarur, sababi mavsum juda uzoq davom etadi. Ba’zi o‘yinlarda unga dam olish imkoniyatini yaratib berishimiz kerak bo‘ladi», – deya Mareska so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline nashri.

Eslatib o‘tamiz, shanba, 5 sentyabr kuni Holandning goli manchesterliklarga «Koventri» ustidan g‘alaba (1:0) keltirdi.

Ma’lumot uchun, seshanba kuni tunda ingliz grandi UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turi doirasida safarda «Portu» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar