Live
9
O'zbek

«Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» germaniyalik yarimhimoyachi uchun kurashadi

Futbol
6 sentabr, 05:40
Dortmund klubi vakili Feliks Nmecha faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
«Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» germaniyalik yarimhimoyachi uchun kurashadi
Foto: Gettyimages

Dortmundning «Borussiya» klubi vakili Feliks Nmecha Angliya premer-ligasi vakillari qiziqishiga sababchi bo‘lmoqda, deb xabar berdi insayder Ekrem Konur.

Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» klublari 25 yoshli futbolchini o‘z safida ko‘rishni istaydi. Germaniyalik futbolchining transfer narxi 55 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining «arilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Germaniya chempionati ushbu mavsumida Feliks 2 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshirib ulgurmadi.

Bundesliganing ikki turidan keyin «Borussiya» 6 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar