Live
9
O'zbek

Mareska Enso Fernandesning «Manchester Siti»dagi debyuti haqida gapirdi

Futbol
6 sentabr, 06:54
Argentinalik yarimhimoyachi «Koventri»ga qarshi bahsda «shaharliklar» safida ilk bor maydonga tushdi.
Mareska Enso Fernandesning «Manchester Siti»dagi debyuti haqida gapirdi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa yangi futbolchisi Enso Fernandesning debyutidan so‘ng uning o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Jamoaga avval birga ishlagan futbolchi kelganda, hammasi ancha oson kechadi. Chunki u siz undan nimani kutayotganingizni allaqachon tushunadi. Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. Men Fernandesning qanchalik yaxshi futbolchi ekanini bilaman va u bizga bahslarda g‘alaba qozonishda yordam berishiga ishonaman», — dedi Mareska.

25 yoshli Fernandes «Koventri»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada almashtirildi. «Manchester Siti» ushbu bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» yozgi transfer oynasi yopilishidan avval Enso Fernandesni «Chelsi»dan 145 million yevroga sotib oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar