«Manchester Siti»ning yangi yarimhimoyachisi Elliot Anderson ushbu bahsda jami 158 ta pas berib, ularning 146 tasini aniq amalga oshirdi. Bu Angliya Premyer-ligasining bir bahsida ingliz yarimhimoyachilari tomonidan qayd etilgan eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.
Bundan tashqari, Anderson raqib jarima maydoniga yaqin hududda 96 ta pas berib, ularning 88 tasini aniq yetkazib berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» ushbu bahsda «Koventri»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan.