Live
2
O'zbek

«Manchester Siti» va APLning ikki klubi Baenani kuzatmoqda

Futbol
5 sentabr, 12:02
Madrid klubi yarimhimoyachisi Aleks Baena ingliz grandlari e’tiboriga tushgan.
«Manchester Siti» va APLning ikki klubi Baenani kuzatmoqda
Foto: Gettyimages

Madridning «Atletiko» klubi yarimhimoyachisi Aleks Baena «Manchester Siti» va Angliya premer-ligasining boshqa klublari e’tiboriga tushgan. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga «Manchester Siti», «Nyukasl» va «Aston Villa» klublari qiziqib qolgan. Biroq «matraschilar» Baenani sotishni rejalashtirmayapti, shu sababli yanvar oyida bu transfer deyarli imkonsizdek ko‘rinmoqda.

Biroq aytilishicha klublar ushbu vaziyatga qaramay, omadini sinab ko‘rmoqchi. Shuningdek, muzokaralar yanvar oyida boshlanib, transfer keyingi yil yozda amalga oshishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, La Liga yangi mavsumida Baena 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Aston Villa Aston Villa
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar