La Liga 4-turida «Atletiko» safarda «Atletik»ka 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mezbonlar ikkinchi bo‘lim boshida ikki daqiqada ikkita gol urib, ustunlikni qo‘lga kiritdi.
«Bahs kutilganidek rivojlandi. Birinchi bo‘lim yaxshi o‘tdi, biroq keyin biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak bo‘lgan vaziyatlarda ikki daqiqa davomida e’tiborsiz bo‘ldik va noto‘g‘ri qarorlar qabul qildik. «Atletik» bundan foydalandi va g‘alabaga munosib edi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin hammasi yaxshi edi. Ammo biz kerakli darajada diqqatni jamlay olmadik. Bu murabbiylar shtabining mas’uliyati. Biz futbolchilarga kerakli ko‘rsatmalarni yetarlicha yetkaza olmadik», — dedi Simeone.