Live
2
O'zbek

Simeone Alvares haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi

Futbol
5 sentabr, 13:48
«Atletiko» ustozi «Atletik»ka qarshi yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng Xulian Alvares haqidagi savolga izoh bermadi.
Simeone Alvares haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Athletik Athletik 3 : 0 Atletico Madrid Atletico Madrid

La Liga 4-turida «Atletik» o‘z maydonida «Atletiko»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdan keyingi matbuot anjumanida Diyego Simeonedan Alvaresning tanaffusdan so‘ng jamoa bilan qizish mashqlariga chiqmagani haqida so‘rashdi.

«Jiddiymi? Bunga izoh beradigan gapim yo‘q», — dedi Simeone.

Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida jamoada qolgan Xulian Alvares bahsning 59-daqiqasida Li Kan In o‘rniga maydonga tushdi. 71-daqiqada argentinalik hujumchi zarba berdi, biroq «Atletik» darvozaboni to‘pni qaytardi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Athletik Athletik
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar