Live
9
O'zbek

Alonso: «Jeyms yarimhimoyachi sifatida ko‘p o‘yin vaqtiga ega bo‘ladi»

Futbol
6 sentabr, 09:23
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa sardori Ris Jeymsning yarimhimoyadagi roli haqida fikr bildirdi.
Alonso: «Jeyms yarimhimoyachi sifatida ko‘p o‘yin vaqtiga ega bo‘ladi»
Foto: Getty Images
06.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal 2 : 1 Chelsi Chelsi

Ispaniyalik mutaxassis Jeymsning universalligini yuqori baholashini, futbolchi himoyaning qanotida ham, markazda ham o‘ynay olishini ta’kidladi.

«U yerda o‘ynash uchun kerakli futbol aqliga ega. Chunki yarimhimoyada jamoadoshlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish va to‘pni qabul qilishdan oldin eng yaxshi qarorni bilish kerak. U yarimhimoyachi sifatida ko‘p o‘yin vaqtiga ega bo‘ladi», — dedi Alonso Mirror nashriga.

26 yoshli Jeyms joriy mavsumda «Chelsi» safida barcha turnirlarda uchta bahsda maydonga tushdi, biroq samarali harakat qayd eta olmadi.

Bugun, 6-sentabr kuni «Chelsi» APLning 3-turida safarda «Arsenal»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar