«To'pchilar» o‘tgan mavsumni uzoq kutilgan APL chempionligi bilan yakunlagandi. Mikel Artetadan futbolchilarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini qanday saqlab qolayotgani so‘raldi.
«Bu oddiy. O‘ylaymanki, xabar birinchi kundanoq aniq edi. Shunday ekan, agar jamoadagi kimdir boshqacha fikrlasa, bu yerda qolmasligi kerak — boshqa joyda o‘zini sinab ko‘rgani ma’qul», — dedi Arteta.
Bugun, 6-sentabr kuni «Arsenal» APL 3-turida o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi. Har ikki jamoa chempionatdagi dastlabki ikki bahsida g‘alaba qozongan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi