«Bu mavsum boshidagi muhim bahs. Ular ham, biz ham mavsumni yaxshi boshladik. Bu derbi, shuning uchun, albatta, bahs keskin kechadi. Biz g‘alaba qozonib, shu ruhda davom etishni va rivojlanishni xohlaymiz. Bu o‘z mahoratimizni yana bir bor namoyish etish va yuqori o‘rinlarda qolish uchun yaxshi imkoniyat», — deya Edegorning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirmoqda.
«Arsenal» Angliya chempionatining dastlabki ikki turida «Koventri»ni 3:0, «Aston Villa»ni esa 1:0 hisobida mag‘lub etdi. «Chelsi» esa «Fulhem» (3:2) va «Brayton» (4:3) ustidan g‘alaba qozondi.
London derbisi «Arsenal»ning uy stadionida o‘tkaziladi va bahs Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.