Live
9
O'zbek

Edegor: «Saka bu mavsumga ajoyib formada yetib keldi»

Futbol
6 sentabr, 07:45
«Arsenal» sardori Martin Edegor Bukayo Sakaning yangi mavsumdagi sport formasiga yuqori baho berdi.
Edegor: «Saka bu mavsumga ajoyib formada yetib keldi»
Foto: Getty Images

«Aston Villa»ga qarshi APLning 2-tur bahsida (1:0) Saka «Arsenal»ga g‘alaba keltirgan golni urdi. Edegor esa angliyalik vingerning mavsumni yaxshi holatda boshlaganini ta’kidladi.

«Bukayoning yana gol urganini ko‘rish ajoyib bo‘ldi. Biz undan aynan shuni kutamiz va u bu mavsumga ajoyib formada yetib kelganga o‘xshaydi. O‘tgan mavsumda jarohatlar sabab muammolari bo‘lgandi, ammo hozir u katta ishtiyoq va bu mavsumda yanada yaxshiroq o‘ynash istagi bilan qaytdi», — dedi Edegor klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Bugun, 6-sentabr kuni APLning 3-turida «Arsenal» va «Chelsi» o‘rtasida London derbisi bo‘lib o‘tadi. Har ikki jamoa mavsum boshida ikkitadan g‘alaba qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar