BBC xabariga ko‘ra, «Arsenal» «Komо» yarimhimoyachisi Niko Pasning transferiga qiziqishni davom ettirmoqda. «To'pchilar» argentinalik futbolchini yozda ham o‘z safiga qo‘shishni istagan, biroq Pas Italiyada qolishga qaror qilgan.
«Komо» 21 yoshli futbolchining barcha huquqlarini Madridning «Real» klubidan 60 million yevroga sotib olgan. Endi Pas «Arsenal»ning kelasi yildagi transfer maqsadlaridan biriga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt Nikolas Pasning bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda. «Real» tarbiyalanuvchisining «Komо» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
«Arsenal» yozgi transfer oynasida yangi futbolchilar uchun 200 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi.