Italiyalik hujumchi Franchesko Espozito Milanning «Inter» jamoasi bilan kelishuv muddatini uzaytirdi. Bu haqda «neradzurri» matbuot xizmati xabar berdi.
21 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2032-yil yozigacha amal qiladi. Ma’lumot uchun, Espozito «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Italiya A Seriyasi yangi mavsumida forvard 3 ta o‘yinda maydonga tushib, hisobiga 1 tadan gol va golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatida «Inter» 9 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. Milanliklar navbatdagi bahsni Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turi doirasida Madridda «Real»ga qarshi o‘tkazadi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi