Live
7
O'zbek

Dimarkoning «Real»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida

Futbol
6 sentabr, 08:30
«Inter» himoyachisi «Napoli»ga qarshi o‘yinda chap tizzasidan jarohat oldi.
Dimarkoning «Real»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida
Foto: Getty Images

«Inter» himoyachisi Federiko Dimarko «Napoli»ga qarshi o‘yinda chap tizzasidan jarohat oldi.

Italiyalik futbolchi A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan va milanliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvning 62-daqiqasida maydonni tark etdi.

Tekshiruvdan so‘ng Dimarkoga chap tizzasining yengil cho‘zilishi tashxisi qo‘yildi. «Inter» futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamayotgani bois uning Chempionlar Ligasida «Real»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.

Qayd etilishicha, hozircha Dimarkoning Madridda asosiy tarkibda maydonga tushishini tasavvur qilish qiyin. Biroq u jamoa bilan birga Ispaniyaga borishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, «Real» — «Inter» uchrashuvi 8 sentyabr kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar