Italiya A Seriyasining 3-turida «Inter» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida «Napoli» 50-daqiqada Matteo Politano, 53-daqiqada esa Rasmus Hoylundning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi.
«Inter» 56-daqiqada Lautaro Martinesning goli bilan javob qaytardi. Keyinchalik Markus Tyuram hisobni tenglashtirdi. 68-daqiqada esa Lautaro Martines o‘zining ikkinchi golini urib, milanliklarga g‘alaba keltirdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Inter» 3 turda 9 ochko jamg‘ardi. «Napoli» esa 3 ochko bilan qoldi.
A Seriya. 3-tur
Inter — Napoli 3:2
Gollar: Politano 50, Hoylund 53, Lautaro 56, 68, Tyuram 82
Inter: Martines Xosep, Bissek, Akanji, Bastoni (Bonni, 79), Diuf, Barella, Zielinski (Cholxano'g'lu, 71), Suchich (Tyuram, 46), Dimarko (Augusto, 62), Esposito (Kertis Jons, 46), Lautaro Martines.
Napoli: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Marin, Spinatsola, Zambo-Angissa, Lobotka (Gilmor, 79), Vergara (Neres, 62), Politano (De Bryuyne, 62), Hoylund (Lukka, 72), Alisson Santos (Badiashil, 80).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi