Italiya chempionatining 3-turida «Inter» 0:2 hisobidan kambek qilib, «Napoli»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. «Inter»ning hal qiluvchi goli 92-daqiqada urildi.
«O‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olishni xohladimmi? Yo‘q, yo‘q. U Lautaroga berilishi kerak. U bizning sardorimiz va yetakchimiz. U Jahon chempionatida juda ko‘p bahslarda maydonga tushdi va dastlabki o‘yinlar qiyin kechganiga qaramay, jamoa uchun borini berdi. Hozir u yana eng yaxshi formasiga qaytmoqda va bugun bizga g‘alaba keltirdi», — dedi Tyuram.
Golni nishonlashi haqida esa futbolchi shunday dedi: «Bugun to‘siqqa chiqdim, chunki bu o'zgacha lahza edi. 0:2 hisobidan kambek qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonish — aql bovar qilmas hissiyot».
Eslatib o‘tamiz, «Inter» 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Napoli» esa 3 ochko bilan 13-o‘rinda.