Live
2
O'zbek

A Seriya. «Fiorentina» ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Futbol
5 sentabr, 11:05
«Torino» safarda «Fiorentina»ni mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
A Seriya. «Fiorentina» ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Italiya A seriyasi Fiorentina Fiorentina 1 : 2 Torino Torino

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida «Fiorentina» o‘z maydonida «Torino»ni qabul qildi. Florensiyadagi bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi gollar ikkinchi bo‘limda urildi. 47-daqiqada Matteo Pellegrino «Fiorentina»ni oldinga olib chiqdi. Biroq «Torino» tez orada hisobni tenglashtirdi va Rolando Mandragora hamda Che Adamsning gollari evaziga kambekni amalga oshirdi.

Shu tariqa, «Torino» yangi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Fiorentina» esa 2026/27-yilgi A Seriyada ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qayd etdi.

A Seriya
Fiorentina — Torino 1:2
Gollar: Pellegrino 47, Mandragora, Adams.

Fiorentina: De Xea, Joao Mario, Dragushin, Viery, Valdepenas, Fadjoli, Oulai (Ndur, 24), Breshianini (Nyonto, 46), Mastantuono (Atta, 46), Pellegrino (Beto, 76), Njie (Pedro Gonsalves, 79).

Torino: Perri, Kyomert, Koko (Ismayli, 40), Komuzzo (Bragansa, 70), Fortini (Patterson, 56), Gineytis (Simeone, 70), Mandragora, Fits-Jim, Kachchamani (Belgali, 56), Vlashich, Adams.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
  • Torino Torino
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar