Bugun
80
O'zbek

Merson «Arsenal»ning nega Chempionlar ligasida g‘olib bo‘la olmasligini tushuntirdi

Futbol
6 sentabr, 04:13
Taniqli sobiq futbolchi londonliklarning zaif nuqtasi haqida fikr bildirdi.
Merson «Arsenal»ning nega Chempionlar ligasida g‘olib bo‘la olmasligini tushuntirdi
Foto: BBC

Taniqli sobiq futbolchi Pol Merson ushbu mavsumda Londonning «Arsenal» klubidan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.

58 yoshli inglizning so‘zlariga ko‘ra, «to‘pchilar» yana Premer-ligada g‘olib chiqadi, ammo top darajadagi markaziy hujumchi yetishmasligi sababli Chempionlar ligasida zafar quchishni eplay olmaydi.

«O‘ylaymanki, «Arsenal» APL chempionligini qo‘lga kiritadi, biroq Chempionlar ligasida ularga bitta hujumchi yetishmaydi. Menga Xavers va Gokeresh yoqadi, lekin ular himoyachilarning tunlari oromini o‘g‘irlaydigan futbolchilar sirasiga kirmaydi», – deya Mersonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Arsenal News Channel.

Eslatib o‘tamiz, UYEFA Chempionlar ligasi o‘tgan mavsumida Mikel Arteta jamoasi finalda o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida «PSJ»ga imkoniyatni boy bergan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar