«Inter» hujumchisi Lautaro Martines Chempionlar ligasining 1-turida «Real»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobida yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi.
«Raqib to‘rt himoyachi bilan o‘ynab, himoya chizig‘ini juda zich ushlab turdi. Bo‘sh hududlar kam edi, shu sababli markaziy yarimhimoyachilarimiz to‘g‘ri pozitsiyalarni egallashi kerak bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda harakatlarimizni o‘zgartirdik va chiziqlar orasida ko‘plab bo‘sh hudud topdik. Gol urishga va yana bir xavfli vaziyat yaratishga muvaffaq bo‘ldik», — dedi Lautaro. Uning so‘zlarini fcinter1908.it keltirgan.
Lautaro 2018 yildan buyon «Inter» safida to‘p tepmoqda.